Mustaqillik va uni jamiyat ijtimoiy hayotida namoyon bo’lishi
“Mustaqillik” tushunchasi odatda “istiqlol”, “erkinlik”, “ozodlik”, “suvereniteti” so’zlari bilan yaqin ma`noda qo’llanilib uzluksizlikni anglatuvchi: birovga tobe, qaram bo’lmagan, o’zgalarning ta`siridan xoli, boshqalarning nazoratisiz yoki rahnamo-rahbarligisiz faoliyat ko’rsata oladigan, o’zining barcha masala-muammolarni o’zi hal qila oladigan qisqa qilib aytganda, jamiyat hayotining deyarli barcha sohalariga daxldor ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma`naviy jarayonni ifoda etadi.
|
|
Read more...
|
|
|
Makonimiz – O’zbekiston, zamonimiz – mustaqillik!
Bu yorug’ olamda buyuk tushunchalar, muqaddas milliy va umuminsoniy qadriyatlar bisyor. Biroq, ular orasida uch tushunchaning o’ziga xos o’rni va alohida ahamiyati bor.
Bu – XALQ, VATAN, DAVLAT.
Ularni bir-biridan ajratgan holda tasavvur qilib bo’lmaydi. Xalq bo’lmasa, Vatan va Davlat tushunchalariga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Ona Vatan – Ota yurt bo’lmasa, xalq qaerda yashaydi-yu, qay makonda Davlat quradi. Xalq bo’lsa-yu, Ota makon bo’lsa-yu, Davlat bo’lmasa, bu xalq va Vatanning bag’ri ham butun bo’lmaydi.
“XX asrning eng buyuk voqeasi nima?” degan savolga Kurrai Zaminning turli mintaqalarida turlicha javoblarga duch kelamiz. SHo’rolar, albatta, Oktyabr’ to’ntarishini asrning eng buyuk voqeasi sifatida talqin etib kelganlar. G’arbda esa o’zgacha tasavvur hukmron: ular XX asrning eng buyuk voqeasi – Isroil davlatining tashkil etilgani, deb biladilar. Afrikada bo’lsa o’nlab davlatlar asrlar mobaynidagi qurolli qirg’in-barotlardan so’ng G’arbning mustamlakachilik zanjirlarini parchalab tashladilar... Boshqacha ifodalansa, siyosiy jihatdan o’tgan yuz yillik aynan milliy davlatlarning tashkil topishi zamoni bo’lgani bugun hech kimga sir emas. Biz ham asr intihosida bu olamshumul jarayonga qo’shildik – istiqlolga erishdik.
|
|
Read more...
|
Islom Karimov-mustaqil O’zbekiston taraqqiyot yo’lining ijodkori va tashabbuskori
Mustaqillikka erishilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi oldida kelajakda qaysi yo’lda va qanday rivojlanish kerak degan og’ir va qiyin savollar ko’ndalang bo’lib turdi.
Inqilobiy siltov, sakrash orqalimi yoki mavjud ahvol va imkoniyatlarni hisobga olgan holda tadrijiy, bosqichma-bosqichli o’zgarishlar yo’li evolyutsion yo’l bilanmi?
Turli mamlakatlar va xalqlar tarixida bu ikki variant bir necha bor sinovlardan o’tgan. Tarix tajribasi va taraqqiy etgan mamlakatlar amaliyoti shuni aniq isbotlamoqdaki, jamiyat taraqqiyoti va tsivilizatsiyaning haqiqiy yo’li – bu tabiiy-tarixiy, evolyutsion jarayondir. Taraqqiyot zaminida mafkuraviy aqidalar emas, balki iqtisodiyotning ob’ektiv qonuniyatlari yotadi. Haqiqiy taraqqiyotga muqarrar ravishda qurbonlar va vayronliklarga olib keladigan inqilobiy siltovlar orqali emas, balki asta-sekin va bosqichma-bosqich rivojlanish natijasida erishiladi.
|
|
Read more...
|
Namangandavlat universiteti - mustaqillik yillarida
Mustaqillik yillarida ta`lim sohasiga YUrtboshimiz hamda hukumatimiz tomonidan juda katta e`tibor qaratilib, keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosiy maqsadi hisoblangan oliy o’quv yurtlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlardan biri, shubhasiz, Prezidentimiz tomonidan 1992 yil 28 fevralida qabul qilingan “Respublikamizning yangi oliy o’quv yurtlarini tashkil qilish to’g’risidagi farmon bo’ldi. Jumladan, Namangan davlat universiteti ham ana shu farmon asosida pedagogika instituti negizida tashkil etildi. Bu esa Namangan davlat universitetini mustaqilligimizning tengdoshi deyishimizga asos bo’la oladi.
|
|
Read more...
|
|
|
|
|
|